Asosiy kontentga o‘tish

Qabul 2026/2027

9-sinf bitiruvchilari uchun qabul tartibi

Akademik litseyda qabul jarayoni

Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 10-iyundan 10-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali bepul ro‘yxatdan o‘tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq 9-sinf bitiruvchilarini TDYU huzuridagi akademik litseyga qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartibda test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari (“Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 5” yo‘nalishi)

  • I bo‘lim — yo‘nalish bo‘yicha 2 ta fan: umumta’lim maktablarining 8–9-sinflarida o‘qitiladigan huquqiy fan (Davlat va huquq asoslari) va 9-sinfgacha o‘qitiladigan chet tili.
  • II bo‘lim — intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test.

Call-markaz

Abituriyentlar va ota-onalar savollariga tezkor javob berish uchun “Call-center” tashkil etilgan:

Shuningdek, savol, taklif va shikoyatlaringizni Telegram bot yoki saytdagi murojaat formasi orqali yuborishingiz mumkin.

Yangilangan: 06.11.2026