Akademik litseyda qabul jarayoni
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 10-iyundan 10-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali bepul ro‘yxatdan o‘tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq 9-sinf bitiruvchilarini TDYU huzuridagi akademik litseyga qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartibda test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari (“Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 5” yo‘nalishi)
- I bo‘lim — yo‘nalish bo‘yicha 2 ta fan: umumta’lim maktablarining 8–9-sinflarida o‘qitiladigan huquqiy fan (Davlat va huquq asoslari) va 9-sinfgacha o‘qitiladigan chet tili.
- II bo‘lim — intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test.
Call-markaz
Abituriyentlar va ota-onalar savollariga tezkor javob berish uchun “Call-center” tashkil etilgan:
- o‘zbek tilidagi murojaatlar uchun: +998 71 241-72-44
- rus tilidagi murojaatlar uchun: +998 71 241-75-54
- ingliz tilidagi murojaatlar uchun: +998 71 241-57-44
Shuningdek, savol, taklif va shikoyatlaringizni Telegram bot yoki saytdagi murojaat formasi orqali yuborishingiz mumkin.
Ko‘p beriladigan savollar
2026-2027 o‘quv yili uchun qabul qachondan boshlanadi?
Hujjatlar qabuli har yili 10-iyundan 10-iyulgacha my.edu.uz portali orqali o‘tkaziladi. Aniq sanalar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilinadi.
TDYU litseyiga topshirish uchun qanday hujjatlar kerak? Imtihon orqali kiriladimi?
- Pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma
- Rasm 3×4 (3,5×4,5)
- 9-sinf shahodatnomasining elektron varianti
Qabul test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Akademik litseyga kirishda til sertifikatlarining afzalliklari bormi?
CEFR/IELTS B1 va undan yuqori sertifikat bo‘lsa, ingliz tili fanidan test topshirilmaydi.
Akademik litseyda o‘qish kontrakt summasi qancha?
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida. Test natijalaridan so‘ng to‘plangan ballga qarab hisoblanadi.
Akademik litseyga 10-sinfni bitirib ham topshirsa bo‘ladimi?
Yo‘q. Akademik litseyga faqat 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.
Akademik litseyga kirishda qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?
Huquq (Davlat va huquq asoslari), ingliz tili va intellektual qobiliyat (IQ) testi.