Akademik litseyda qabul jarayoni
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 10-iyundan 10-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali bepul ro‘yxatdan o‘tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq 9-sinf bitiruvchilarini TDYU huzuridagi akademik litseyga qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartibda test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari (“Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 5” yo‘nalishi)
- I bo‘lim — yo‘nalish bo‘yicha 2 ta fan: umumta’lim maktablarining 8–9-sinflarida o‘qitiladigan huquqiy fan (Davlat va huquq asoslari) va 9-sinfgacha o‘qitiladigan chet tili.
- II bo‘lim — intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test.
Call-markaz
Abituriyentlar va ota-onalar savollariga tezkor javob berish uchun “Call-center” tashkil etilgan:
- o‘zbek tilidagi murojaatlar uchun: +998 71 241-72-44
- rus tilidagi murojaatlar uchun: +998 71 241-75-54
- ingliz tilidagi murojaatlar uchun: +998 71 241-57-44
Shuningdek, savol, taklif va shikoyatlaringizni Telegram bot yoki saytdagi murojaat formasi orqali yuborishingiz mumkin.
Обновлено: 06.11.2026