Asosiy kontentga o‘tish
Yuksak ma’naviyat va yuridik tafakkurga ega bitiruvchilar — Yangi O‘zbekiston kelajagi
Akademik litsey

Yuksak ma’naviyat va yuridik tafakkurga ega bitiruvchilar — Yangi O‘zbekiston kelajagi

Huquqshunoslik va ingliz tili yo‘nalishidagi akademik litsey

601+

O‘quvchilar

80+

Pedagoglar

15+

To‘garaklar

30+

O‘quv xonalari

Litsey haqida
Biz haqimizda

Litsey haqida

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi 77-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

2013-yil 28-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1990-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey maqomi berilgan.

Akademik litseyda ta’lim jarayoni ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, unda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 5” (huquqshunoslik, ingliz tili) yo‘nalishida chuqurlashtirilgan ixtisoslikka ega o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Litsey hayoti

So‘nggi yangiliklar

Barcha yangiliklar
Yangilik

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 Targ'ibot tadbirida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bunday holatlarga duch kelinganda yoki ular haqida ma’lumotga ega bo‘linganda tegishli mas’ul tashkilotlarga xabar berish tartibi hamda mavjud murojaat kanallari haqida ma’lumotlar berildi.                                                              Korrupsiyaga…

28.10.20261

“OY O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI ANIQLANDI!

05.10.20261

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

25.09.20261

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning TDYU stipendiyasi va ta'lim granti g'oliblari aniqlandi

28.08.20262

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o'rtasida memorandum imzolandi.

21.02.20261

Toshkent davlat yuridik universitetining O'quv ishlari bo'yicha prorektori Islambek Rustambekovich Rustambekov tomonidan akademik litsey o‘quvchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’l

20.02.20261

Galereya

Fotolavhalar

Galereyaga o‘tish
Abituriyentlar uchun

Ko‘p beriladigan savollar

2026-2027 o‘quv yili uchun qabul qachondan boshlanadi?

Hujjatlar qabuli har yili 10-iyundan 10-iyulgacha my.edu.uz portali orqali o‘tkaziladi. Aniq sanalar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilinadi.

TDYU litseyiga topshirish uchun qanday hujjatlar kerak? Imtihon orqali kiriladimi?
  • Pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma
  • Rasm 3×4 (3,5×4,5)
  • 9-sinf shahodatnomasining elektron varianti

Qabul test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Akademik litseyga kirishda til sertifikatlarining afzalliklari bormi?

CEFR/IELTS B1 va undan yuqori sertifikat bo‘lsa, ingliz tili fanidan test topshirilmaydi.

Akademik litseyda o‘qish kontrakt summasi qancha?

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida. Test natijalaridan so‘ng to‘plangan ballga qarab hisoblanadi.

Akademik litseyga 10-sinfni bitirib ham topshirsa bo‘ladimi?

Yo‘q. Akademik litseyga faqat 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.

Akademik litseyga kirishda qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?

Huquq (Davlat va huquq asoslari), ingliz tili va intellektual qobiliyat (IQ) testi.

Biz bilan bog‘laning

100128, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Labzak tor ko‘chasi, 10-uy

+998 71 241-72-44

contact@altsul.uz

Aloqa sahifasi

Foydali havolalar