Asosiy kontentga o‘tish

Toshkent davlat yuridik universitetining O'quv ishlari bo'yicha prorektori Islambek Rustambekovich Rustambekov tomonidan akademik litsey o‘quvchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’l

Yangilik 2

Toshkent davlat yuridik universitetining O'quv ishlari bo'yicha prorektori Islambek Rustambekovich Rustambekov tomonidan akademik litsey o‘quvchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-232-sonli Farmonning mazmun-mohiyatini keng yoritib berish maqsadida uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur hujjat yurtimizda yuridik ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bugungi muloqot shu islohotlarning mazmunini yoshlar ongiga singdirish, ularni huquq sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Ulashish: Telegram Facebook