Asosiy kontentga o‘tish

TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda “Adolatga baxshida umr” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Yangilik 1
TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda “Adolatga baxshida umr” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

O‘zbekiston huquqshunosligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan olima Mamlakat Vosiqova tavalludining 101 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor Baxshillo Xodjayev, Sudyalar assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Ubaydulla Mingbayev, olimaning yaqinlari, shogirdlari, huquqshunos olimlar, taniqli advokatlar, professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi.  



Mamlakat Vosiqovaning boy ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlod qalbida adolatparvarlik, halollik va qonunga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda olimaning huquqshunoslik fani rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, uning insonparvarlik va fidoyiligi alohida ta’kidlandi. 


Xususan, TDYU rektori Baxshillo Xodjayev olimaning nomini abadiylashtirish maqsadida akademik litseyga uning nomi berilgani ham ramziy ma’noga ega ekanini aytib, M.S.Vosiqovaning boy ilmiy merosini o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida keng targ‘ib qilish va o‘rganish maqsadida o‘qishlar tashkil etish, uning asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, xalqaro hamjamiyatda huquqshunos olimaning asarlarini tanitish borasida tizimli ishlar amalga oshirilishini ma’lum qildi. 


Tadbir davomida ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishgan akademik litseyning faol o‘qituvchisi A.Tursunmurodova “Ona” jamoat fondi tomonidan 10 million pul mukofoti bilan taqdirlandi hamda litseyga zamonaviy elektron doska sovg‘a qilindi.

Ulashish: Telegram Facebook