Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilarining ijtimoiy hayoti va yashash sharoitlariga e’tibor qaratish maqsadida ijara xonadonlarda yashovchi o‘quvchilar holati o‘rganildi.
Tadbirda akademik litsey ijrochi direktori, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda guruh rahbarlari ishtirok etib, o‘quvchilar istiqomat qilayotgan xonadonlarga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ularning yashash sharoiti, gigiyena va sanitariya talablari, maishiy va yong‘in xavfsizligi vositalarining holati, shuningdek, ma’naviy-psixologik muhit o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning qulay yashashi, ta’limga to‘liq e’tibor qaratishi va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
