Yangilik
1
Viloyatlardan turib majlisga shaxsan kela olmagan ota-onalar uchun Zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etish imkoniyati yaratildi, bu esa barcha ota-onalarning majlisda faol qatnashishini ta’minladi.
Ota-onalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Majlis yakunida ota-onalar, o‘qituvchilar va akademik litsey ma’muriyati o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilarning muvaffaqiyatli ta’lim olishi uchun birgalikda harakat qilish zarurligi ta’kidlandi.
Majlis ijobiy ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilar tomonidan samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.
