E’lon
1
Akademik litsey direktorining tegishli buyrug‘iga asosan, Mingbayeva Shaxlo Ubaydullayevna Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Akademik litsey jamoasi Shaxlo Ubaydullayevnani ushbu mas’uliyatli tayinlov bilan chin qalbdan muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yutuqlar tilaydi.