Skip to content

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT

Announcement 1
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT

2025-yil I-IV chorak davomida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyida ishlovchi xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari yuzasidan murojaat kelib tushmadi.

Minimallashtirish choralari

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi tomonidan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Yuriskonsult tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga bepul huquqiy maslahat berishda, tanlovdan ijobiy o‘tgan, biroq boshqa nomzodga nisbatan past ball to‘plagan nomzodga o‘zi talabgor bo‘lgan vakant lavozimdan yuqori lavozimni tavsiya etish hamda oraliq va yakuniy nazorat ishlarining tahlil qilinmasligi korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi barcha xodimlarga yig‘ilishlar davomida tushuntirilib borilmoqda.

Shuningdek, tizimda ishlab kelayotgan barcha xodimlardan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etmasligi, bu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan vazirlikka yoki akademik litsey rahbariyatini xabardor qilish yuzasidan tilxatlar olingan.

Shu bilan birga korrupsiyaviy xatti-harakatlar mavjud deb baholanadigan lavozimlarda ishlab kelayotgan xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib kelinmoqda.


Share: Telegram Facebook