Skip to content

About the lyceum

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey

About the lyceum

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi 77-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

2013-yil 28-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1990-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey maqomi berilgan.

Akademik litseyda ta’lim jarayoni ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, unda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 5” (huquqshunoslik, ingliz tili) yo‘nalishida chuqurlashtirilgan ixtisoslikka ega o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Updated: 06.11.2026