Skip to content

Facilities

Akademik litseyning o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha ichki quvvati 540 o‘ringa mo‘ljallangan. Jami 28 ta o‘quv xonasi, sport zali, ochiq sport maydoni, 2 ta kompyuter xonasi va 2 ta laboratoriya mavjud.

Barcha o‘quv xonalariga 20 dona zamonaviy sensorli smart monitorlar, rahbariyat va pedagog xodimlar uchun yangi kompyuter texnikasi o‘rnatildi.

Yordamchi binoda joriy ta’mirlash ishlari olib borilib, zamonaviy kutubxona va barcha qulayliklarga ega oshxona tashkil etildi. Binoning issiqlik tizimi tubdan yangilandi, ma’muriy binoda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish maqsadida o‘quv va yordamchi binolarda yong‘indan xabar beruvchi uskunalar yangisiga almashtirildi.

O‘quvchilar sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun stol tennisi, futbol, voleybol, basketbol anjomlari va sport formalari xarid qilingan.

Updated: 06.11.2026