Новость
1
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi! Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: - 🥇1-o‘rin: Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi - 🥈2-o‘rin: Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi - 🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi.💵 Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi: - 🥇1-o‘rin: 100 mln so‘m - 🥈2-o‘rin: 60 mln so‘m - 🥉3-o‘rin: 40 mln so‘m 🎁 Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
