Перейти к содержимому

ПРОТИВОДЕЙСТВИЕ КОРРУПЦИИ – НАШ ОБЩИЙ ДОЛГ

Новость 2
ПРОТИВОДЕЙСТВИЕ КОРРУПЦИИ – НАШ ОБЩИЙ ДОЛГ

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jamoatchilik, yoshlar va nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i B. Burxoniddinov ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Tadbirda korrupsiyaning oldini olish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va qonuniylik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish masalalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashilib, ularning savollariga javoblar berildi. Tadbir yoshlarning huquqiy madaniyati va korrupsiyaga qarshi immunitetini mustahkamlashga xizmat qildi.


Поделиться: Telegram Facebook