Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt shaklida o‘qish qiymati belgilandi.
Tabaqalashtirish darajalari amaldagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida hisoblanadi. (1 baravar = 1 271 000 so'm)
2025/2026 o‘quv yili uchun bir nafar o‘quvchini tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish miqdorlari quyidagicha belgilangan:
➡️ Qabul parametrlari chegarasiga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar – 10 baravar = 12 710 000 so‘m
➡️ Qabul parametrlari chegarasiga 1,1 balldan 2 ballgacha yetmagan abituriyentlar – 11 baravar = 13 981 000 so‘m
➡️ Qabul parametrlari chegarasiga 2,1 balldan 3 ballgacha yetmagan abituriyentlar – 12 baravar = 15 252 000 so‘m
➡️ Qabul parametrlari chegarasiga 3,1 balldan 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar – 13 baravar = 16 523 000 so‘m
➡️ Qabul parametrlari chegarasiga 4,1 balldan 10 ballgacha yetmagan abituriyentlar – 15 baravar = 19 065 000 so‘m
➡️ Qabul parametrlari chegarasiga 10,1 balldan ortiq yetmagan, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar – 20 baravar = 25 420 000 so‘m
✅ Izoh:
* Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning miqdori faqat birinchi o‘quv yili uchun belgilanadi.
🔄 Ikkinchi o‘quv yilida o‘quvchi to‘lov-kontraktda o‘qiydi. To‘lov-kontrakt mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravari etib belgilanadi.
📣 Arizalarni qabul qilish jarayoni boshlanganidan so‘ng, bu haqda xabar beriladi.
📞 Murojaat uchun telefon raqamlari:
☎️ +998712417244
☎️ +998712415744